Indoneziya sharqidagi Shimoliy Sulavesi viloyatida mahalliy vaqt bilan 5 yanvar, seshanba kuni soat 20:53 da Soputan vulqoni otildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Vulqon maqomi “trevoga” (2-daraja)dan “tayyorgarlik holati” (3-daraja)ga oshirilgan — bu vulqon yaqinidagi 4 kilometr masofada fuqarolarning har qanday faoliyati taqiqlanganini bildiradi.
Vulqon uzra 2 kilometr balandlikka cho‘zilgan kul buluti paydo bo‘lib, janubi-sharqiy yo‘nalishda harakatlanmoqda.
Izoh (0)