Janubiy Koreyaning YTN telekanali KXDR tomonidan amalga oshirilgan vodorod bombasi sinovini efirda 1953-yilgi Sovet kinoxronikasi kadrlari orqali ko‘rsatib berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Teletomoshabinlarga 1953-yil 12-avgustda Sobiq ittifoq tomonidan “RDS-6s” vodorod bombasi sinalishi kadrlari namoyish etildi. Birinchi vodorod bombasi sinovi Semipalatinsk poligonida bo‘lib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi KXDR mamlakat shimoli-sharqida vodorod bombasini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazganini xabar qildi.
6-yanvarga o‘tar kechasi qator mamlakatlarning seysmologiya xizmatlari Shimoliy Koreyadagi yadroviy poligonga yaqin hududda 5,1 magnitudali zilzila qayd etilgani, yerosti silkinishlariga texnogen omil (yadroviy sinovlar) sabab bo‘lgani haqida axborot bergandi.
Biroq Janubiy Koreya razvedkasi KXDRda vodorodli portlash sodir bo‘lganini shubha ostiga oldi. U 6-yanvar, chorshanba kuni yadro sinovi natijasida yuz bergan zilzila magnitudasi yetarlicha kuchli emas deb hisoblaydi.
Izoh (0)