2015-yilda Buxoroda viloyat tashkilotlarining 20 nafar rahbari o‘zgargan. 11 nafar rahbar o‘ziga yuklatilgan vazifani to‘laqonli bajarmaganligi uchun ishdan bo‘shatilgan. Bu haqda viloyat hokimi Muhiddin Esonov xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasidagi hisoboti chog‘ida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”
“Viloyatda rahbarlik lavozimlariga kadrlarni tayyorlash tizimi yanada takomillashtirildi. Rahbarlik lavozimlariga kadrlarni tanlashda yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus komissiyalarning tuzilganligi, ular tarkibiga deputatlar, malakali mutaxassislar va jamoat tashkilotlari vakillarining kiritilganligi ushbu muhim ishda oshkoralikni va adolat mezonlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlamoqda. Rahbar kadrlarga nisbatan talabchanlik 2016-yilda ham qat’iyatlik bilan davom ettiriladi”, — deya ta’kidlagan viloyat hokimi.
Izoh (0)