O‘zbekistonda 6-yanvar kuni yog‘ingarchilik kutilmayapti. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
6-yanvar kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida tuman tushishi kutilmoqda. Shamol Toshkent shahrida soniyasiga 3—8 metr tezlikda, Farg‘ona vodiysida 5—10 metr tezlikda, qolgan hududlarda esa 7—12 metr tezlikda esadi.
6-yanvarga o‘tar kechasi havo harorati Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -5 darajagacha, qolgan hududlarda -2...0 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
6-yanvar kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +2...+7 daraja, Buxoro, Naoviy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +8...+13 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +5...+10 daraja, Toshkent shahrida +9...+11 daraja iliq bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 8-yanvarga qadar qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)