5-yanvarning muhim yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. “Gazprom” rahbari 2016-yilda O‘zbekistondan xarid qilinadigan gaz hajmi oshishini tasdiqladi. Oldinroq “Gazprom”dagi manba Rossiya 2016-yilda O‘zbekistondan xarid qiladigan gaz hajmi Turkmaniston o‘tgan yili yetkazib berganiga (3,1 milliard kub metr) nisbatan ko‘p bo‘lishini ma’lum qilgandi.
2. Saudiya Arabistoni 47 nafar qatl etilganlar ustidan bo‘lgan sudni adolatli deb atadi. Saudiya Eron bilan barcha aloqalarni chek qo‘ygani yana bir bor alohida ta’kidlandi, ayni vaqtda, munosabatlarni tiklash shartlari ma’lum qilindi, BMT Xavfsizlik Kengashi esa Saudiya Arabistonining Erondagi elchixonasiga qilingan hujumlarni qoraladi.
3. Toshkentda 30 ta yangi mahalla tashkil etildi. Masalan, “Aviasozlar” mahallasidan “Fazogir”, “Qo‘rg‘ontepa” mahallasidan esa “Tepaqo‘rg‘on” degan yangi mahallalar ajralib chiqdi.
4. Zinedin Zidan “Real” bosh murabbiyi Rafael Benitesning o‘rnini egalladi. U jamoa bilan sovrin qo‘lga kiritmoqchi ekanligini aytdi, uning birinchi mashg‘ulotini tomosha qilish uchun 6 mingdan ortiq tomoshabin keldi va bolaligida “Barselona”ga muxlislik qilgani haqida xabar negadir bugun paydo bo‘ldi.
5. Server Jeparov “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi. Kimdir O‘zbekiston chempionligi uchun yanvardayoq katta qadam tashladi, deyishyapti futbol ichi va atrofidagi mutaxassislar.
Izoh (0)