Polshada so‘nggi ikki kun ichida 20 dan ortiq odam kuchli sovuqdan vafot etdi. Mamlakatning ba’zi hududlarida havo harorati 20 daraja sovuqdan pastga tushib ketdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
“Oxirgi sutkada 12 kishi halok bo‘ldi. Bir kun oldin to‘qqiz kishining o‘limini qayd etgandik”, — dedi hukumat xavfsizlik markazi vakilasi Bojena Visotskaya.
2015-yil 1-noyabrdan beri Polshada 39 kishi qattiq sovuq urishi qurboniga aylandi.
Izoh (0)