Sudan rasmiylari Eron bilan diplomatik aloqalar to‘xtatilganini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Umar al-Bashir ma’muriyati bayonot berdi, deya xabar qiladi “Vedomosti”.
“Sudan respublikasi Eron elchisini persona non-grata deb e’lon qildi va diplomatik vakolatxonaning barcha xodimlarini mamlakatni tark etishini talab qildi. Shuningdek, Erondan Sudan elchisini chaqirib olishga qaror qilindi”, — deyiladi ushbu bayonotda. 4-yanvar, dushanba kuni Bahrayn ham Eron bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatganligini ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 3-yanvar, yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzganligi bildirilgandi. Mazkur qarorlarga Tehrondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida Saudiya Arabistoni elchixonasi vayron qilingani sabab bo‘lgan.
Izoh (0)