Rossiya poytaxti Moskvada Kremlda istiqomat qilaman deb, ichkariga kirmoqchi bo‘lgan Xitoy fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda huquq-tartibot organlari bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2-yanvar kuni Kreml majmuining Spasskaya minorasi yonida Kreml hududiga ruxsatsiz kirmoqchi bo‘lgan, 1985-yilda tug‘ilgan XXR fuqarosi qo‘lga olindi.
Xitoylik uni ushlagan politsiya xodimlariga Kremlda yashashligini ma’lum qilgan.
Qo‘lga olingan politsiya bo‘linmasiga olib kelinib, psixiatr ko‘rigidan o‘tkazilgach, uni shifoxonaga yotqizish haqida qaror qabul qilindi.
Izoh (0)