Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoaning mashg‘ulot bazasiga ketayotib, yo‘lda o‘z avtomobili tezligini soatiga 200 kilometrgacha oshirdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Audi markasidagi mashinani minib ketayotgan Xames politsiyaning yo‘l chetida to‘xtash haqidagi ishorasini e’tiborsiz qoldirgan.
Oxir-oqibat, politsiya futbolchini klub bazasigacha ta’qib qilib borgan, biroq u yerga ularni baza qo‘riqlov xizmati kiritmagan. Vaziyatni tushuntirib bergach, politsiyachilar bazaga kirishga muvaffaq bo‘lgan, u yerda “Real” mashg‘ulotlari tugashini kutib turgan. Shundan so‘ng Xamesni politsiya mashinasida olib ketishgan.
Kolumbiyalik hech qanday ogohlantirishlarni eshitmaganini aytmoqda. Rodriges jarimaga tortilishi va haydovchilik guvohnomasidan ayrilishi mumkin.
Izoh (0)