Qisqa stvolli o‘qotar quroldan foydalanish litsenziyasiga ega texasliklar uni jamoat joylarida oshkora olib yurishlari mumkin. AQShning mazkur shtati rasmiylari tomonidan oldinroq qabul qilingan tegishli qonun 1-yanvardan kuchga kirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Texasda qurol bilan kelish man etilgan joylar va tadbirlar ham saqlanib qolgan. Ular qatorida sport tadbirlari, attraksionlar, barlar, sud va ma’muriy binolar bor.
Hozirda Texas fuqarolari qisqa stvolli o‘qotar qurol xarid qilishi uchun maxsus litsenziya olishi shart emas, biroq yangi qonunga ko‘ra, qurolni ochiq olib yurish uchun litsenziya talab etiladi.
Izoh (0)