2015-yil 14—22-dekabr kunlari “O‘zbektelekom” AK Namangan filiali Uychi telekommunikatsiya bog‘lamasida Аloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Inspeksiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘rganish Аloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi o‘rtasida telekommunikatsiya sohasida hamkorlikda ishlash bo‘yicha 2014-yilda imzolangan o‘zaro Kelishuv hamda Inspeksiyaning Namangan viloyati hududiy bo‘linmasining 2015-yilgi ish rejasiga asosan o‘tkazildi.
O‘rganish davomida telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish, samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan amaldagi qonun va normativ hujjatlar talablarining bajarilishi ko‘rib chiqildi va bir qator kamchiliklar aniqlandi.
O‘rganish natijalari “O‘zbektelekom” AK Namangan filiali boshqaruv apparati xodimlari hamda Uychi telekommunikatsiya bog‘lamasi xodimlari bilan birgalikda muhokama qilindi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, bajarilishi Inspeksiyaning Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan nazoratga olindi.
Izoh (0)