Ravnaq-bank chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun Bosh litsenziyaga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ravnaq-bank’ga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun Bosh litsenziya berish haqidagi qaror Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 2015-yil 26-dekabrda qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, Ravnaq-bank xususiy aksiyadorlik-tijorat bankiga 2001-yil iyunida asos solingan. Bank 2002-yildan Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi, “Toshkent” Respublika fond birjasi, shuningdek, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi a’zosi hisoblanadi.
Izoh (0)