2015-yilning 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida 2016-yili o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari nuqtai nazaridan O‘zbekiston — Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ShHT doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.
Izoh (0)