O‘zbekistonda xorijiy valyuta oldi-sotdi operatsiyalari belgilangan tartibda amalga oshirilishda davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati 29-dekabr kuni ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish va sotib olish operatsiyalari belgilangan tartibda amalga oshirilishini hamda sohaga oid qonun hujjatlariga hech qanday o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilmayotganini ma’lum qiladi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq “KDB Bank O‘zbekiston” 1-yanvardan konversion kartalarga xizmat ko‘rsatilmasligi haqidagi xabarlarga raddiya bergan edi.
Izoh (0)