O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘i (pdf) bilan notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deya xabar bermoqda “Norma”.
Hujjatda keltirilishicha, ijaraga berilayotgan mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mulk bo‘lsa, notarius shu kunning o‘zida tegishli notarial idoradan ushbu mulkning boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnomani olishi lozim. Bunda ushbu ma’lumotnoma olinganligi uchun to‘lov undirish taqiqlanadi.
Fuqarolik kodeksining 541-moddasiga asosan ijaraga berilayotgan mol-mulk topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirilishi lozimligi taraflarga tushuntiriladi va bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, endi ko‘chmas mulk ijaraga berilishida ijara shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda notarius ko‘chmas mulk obyektining kadastr yig‘majildini talab qiladi.
Izoh (0)