Argentina terma jamoasi va “Barselona” hujumchisi Lionel Messi Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Aleksey Miranchukni “Birinchi beshtalik” sovrinini olgani bilan tabrikladi. Bu haqda “Chempionat” xabar qilmoqda.
“Aleksey Miranchukni Rossiyaning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini olgani bilan tabriklayman”, — deb Messi Facebook’dagi sahifasida rossiyalik futbolchining suratini joylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, Adidas kompaniyasi tomonidan “Messi jamoasi” global fan-harakatiga start berilgan. Aleksey Miranchuk dunyoning turli klublaridan saralab olingan “Messi jamoasi”ning ilk o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)