AQSH prezidenti Donald Tramp yozgi ta’tilni bir nechta golf maydonlariga ega Shotlandiyada o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Telegraph xabar berdi.

Trampning ta’tili iyul oyi oxiriga rejalashtirilgan. U 25–29-iyul kunlar Shotlandiyaga tashrif buyurishi va uchta golf maydonini ko‘zdan kechirishi kutilmoqda. Bundan tashqari prezident safari chog‘ida qirol Charlz III bilan uchrashishni rejalashtirmagan. Ularning uchrashuvi sentyabr oyida Trampning Londonga rasmiy tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tadi.
Biroq AQSH prezidenti Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazadi. Asosiy mavzu ikki davlat o‘rtasidagi savdo kelishuvi bo‘ladi.
Trampning ta’tili shu hafta boshlanadi. Dastlab AQSH rahbari 2014-yildan beri egalik qilib kelayotgan Trump Turnberry golf maydoniga, shuningdek, Trump International obyektlariga boradi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens ham yozgi ta’tilini Buyuk Britaniyada o‘tkazadi. Vens rafiqasi va uch farzandi bilan avgust o‘rtalarida Londonga keladi. Shundan so‘ng ular janubi-g‘arbiy Angliyadagi Kotsuolds hududidagini kottejni ijaraga olib, bir necha kun dam olishni rejalashtirmoqda. Keyin esa oila Shotlandiyaga yo‘l oladi.
Izoh (0)