“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi mahalliy parvozlar uchun 2016-yil 5-yanvar kunidan boshlab onlayn tartibda aviachipta sotish va joyni bron qilish xizmatini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “InfoCOM.uz” xabar bermoqda.
Onlayn tartibda bron qilish uchun aviakompaniyaning www.uzairways.com saytiga murojaat qilish lozim.
Xizmat uchun to‘lovlar SMS-xabarnoma bank xizmati yoqilgan UzCard plastik kartasi bilan amalga oshiriladi.
Yo‘lovchining joyi bron qilinib, internet orqali to‘lovlar amalga oshirilgach, mijozning bron qilish vaqtida kiritilgan elektron pochtasi va mobil telefoniga elektron shakldagi barcha ma’lumotlar batafsil keltirilgan chipta yuboriladi.
O‘z navbatida, aeroportda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida saytdan yuborilgan elektron aviabilet va shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport)ning taqdim etilishi kifoya bo‘ladi.
Shuningdek, aviachiptani bron qilish va to‘lovlarni amalga oshirishni parvozdan uch soat oldin amalga oshirish kerak.
Izoh (0)