O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi yil oxiriga qadar biometrik pasportlarni olishga ulgurmagan fuqarolar jarimaga tortilmasligini rasman tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Biometrik bo‘lmagan pasportning muddati o‘tib ketmagan bo‘lsa, 2015-yil 31- dekabrdan so‘ng eski namunadagi pasportni yangi pasportga almashtirish chog‘ida jarima qo‘llanmaydi”, — deya ma’lum qilgan boshqarma boshlig‘i Badriddin Shorixsiyev “Gazeta.uz” so‘roviga javoban.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston fuqarolarining eski namunadagi pasportlarini biometrik pasportlarga almashtirish muddati 2018-yil 1-iyulgacha uzaytirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)