O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanaliga yangi rahbar tayinladi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Shu kungacha Namangan viloyati teleradiokompaniyasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Muhammadjon Maqsudov “Sport” teleradiokanali direktori, ushbu kanalda sport sharhlovchisi, shuningdek, O‘zMTRKda turli lavozimlarda ishlab kelgan Zohid Karimov esa direktorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Izoh (0)