“Daryo”da doimiy rukn — har ish kuni eng muhim yangiliklarning kechki dayjesti berib boriladi.
1. Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo‘llarini izlash imkonini yaratuvchi muntazam siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
2. Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xavfsizlik chora-tadbirlarini amalga oshirmoqda. Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar atrofidagi yo‘llar va yo‘l belgilari ko‘zdan kechirilib, kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
3. Nigeriyadagi zavodda yuz bergan portlash oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Portlash va undan keyingi yong‘in shunchalik kuchli bo‘ldiki, yaqin atrofdagi uylarda yashovchi aholi va o‘tib ketayotgan odamlardan ham qurbonlar bor.
4. Rossiya Davlat dumasi Leninni dafn etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi. Jasadni maqbaradan olib, poytaxtdagi qabristonlardan biriga ko‘chirish taklif etilmoqda.
5. Moskva metrosi bekatini o‘zbek marmaridan qurishdi. 24-dekabr, payshanba kuni Moskvada “Baumanskaya” metro bekati kapital ta’mirdan so‘ng ochildi.
Izoh (0)