Markaziy Afrika respublikasida 27-dekabr kuniga belgilangan prezidentlik va parlament saylovlari 30-dekabrga qoldirildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
13-dekabr kuni Markaziy Afrika respublikasida yangi konstitutsiya bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. U kurashayotgan xristian va musulmon jamoalarining yarashish yo‘lidagi birinchi qadami hisoblanadi.
Ikkinchi qadam umumiy saylovlarni o‘tkazish hisoblanadi. Davlat rahbari lavozimi uchun 30 nafar nomzod kurashmoqda.
Izoh (0)