Misr turizm vaziri Hisham Zazuning bayonotiga ko‘ra, Rossiya bilan aviaqatnovlar bekor qilinganligi uchun mamlakat har oyda 280—300 million dollar yo‘qotmoqda, deb xabar qiladi “Vedomosti”.
“Bu faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotishlar va hozirda taqiqning ikkinchi oyi ketmoqda. Boshqa yo‘qotishlarni men hali hisoblaganim yo‘q. Rossiya hukumati o‘z qarorini tez orada qaytadan ko‘rib chiqishiga katta umid bildiramiz”, — dedi turizm vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Misrning kurortlarida Germaniya, Sharqiy Yevropa, Buyuk Britaniya va arab mamlakatlaridan kelgan sayyohlar dam olmoqda. “Ammo buning o‘zi kam. Rossiyalik sayyohlar biz uchun juda muhim, bu Yevropadagi eng katta bozor”, — dedi Zazu.
Ayni vaqtda Misr hukumati nafaqat aeroportlarda, balki boshqa obyektlarda ham xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning “Kogalimavia” aviakompaniyasi samolyoti Misrning Sharm-ash-Shayx shahridan Sankt-Peterburgga uchish vaqtida halokatga uchragandan keyin Rossiya Misrga aviaqatnovlarni bekor qilgan edi.
Izoh (0)