Kuvayt parlamentining 22-dekabr, seshanba kungi yig‘ilishi chog‘ida deputatlardan biri hayotdan ko‘z yumdi. Uning o‘limi sabablari hozircha ma’lum qilinmagan. Bu haqda Al-Bawaba News xabar bermoqda.
Avvaliga Nabil al-Fadlyaning hamkasblari uni hushidan ketgan deb o‘yladi. Shifokorlar chaqirildi va yig‘ilishda tanaffus e’lon qilindi. Yetib kelgan shifokorlar siyosatchining joni uzilganini qayd etdi. Shundan so‘ng deputatlardan biri — Xalil Abdulla marhumning kursisi ustiga Kuvayt bayrog‘ini tikdi.
Izoh (0)