Chimkentlik (Qozog‘iston) talaba Bahodir Chapayev bir necha oy ichida huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan 60 nafar politsiyachi jazolanishiga erishdi. Ular orasida serjantlar, mayorlar, hatto politsiya ekipajlari ham bor, deya xabar beradi “Nur.kz”.
Chapayevning harakatlari tufayli pogonli huquqbuzarlar davlat budjetiga 400 ming tengedan ziyod mablag‘ to‘lashga majbur bo‘lgan. Talabaning kuzatishicha, yo‘l harakatini nazorat etishi lozim bo‘lgan politsiyachilar o‘zlari mazkur harakat qoidalarini buzadi: xavfsizlik kamari taqmagan, haydov chog‘ida telefondan foydalangan, chiroqlarning yaqin yorug‘ligini yoqmagan, ayrimlari esa o‘z ish qoidalaridan ham mutlaqo bexabar bo‘lgan.
Izoh (0)