Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyga nisbatan qo‘zg‘atilgan yangi jinoyat ishiga Vladimir Putinning aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
“Avf etish to‘g‘risidagi qarorni davlat rahbari qabul qiladi, biroq u tergov harakatlari va xalqaro qidiruv e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilmaydi”, — dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Vladimir Markin Xodorkovskiyning sirtdan hibsga olinganligi va unga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilinganligini ma’lum qilgan edi.
Avvalroq Kreml Xodorkovskiyga qarshi yangi jinoyat ishiga izoh bera turib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tadbirkorni avf etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda uning boshqa jinoyatlarga aloqador ekanligidan xabardor bo‘lmaganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)