Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal (SYuXT) sudyalari va prokurorining vakolatlarini uzaytirish haqidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamadi. Rossiya vakillari buni ishlarning ko‘rib chiqilishi yana cho‘zilganidan xafsalasi pir bo‘lgani bilan izohladi, deya xabar beradi “TASS”.
Hujjat bo‘yicha ovoz berish chog‘ida Xavfsizlik kengashiga a’zo 14 mamlakat uni yoqladi, Rossiya delegatsiyasi esa betaraf qoldi. Rezolyutsiya Gaagadagi tribunalning 17 nafar sudyasi vakolatlarini uch oydan 12 oygacha yoki “agar bundan ertaroq tugaydigan bo‘lsa, ularga topshirilgan ishlar yakuniga yetguncha” uzaytirishni ko‘zda tutadi. Serj Brammers yana tribunal ayblovchisi etib tayinlandi.
Tribunal rahbariyatiga 2010-yilda qabul qilingan rezolyutsiya eslatildi: mazkur hujjatga ko‘ra SYuXT o‘z ishini 2014-yil 31-dekabrda tugatishi lozim edi. 2003- yildagi qarorga ko‘ra esa aslida tribunal bundan besh yil avval yopilishi kerak bo‘lgan.
Izoh (0)