AQShning Vashington shtati qamoqxonalaridagi kamida 3,2 ming nafar mahbus muddatidan avval ozodlikka chiqqan. Bu haqda CNN manbalariga tayanib, “Interfaks” ma’lum qildi.
Adashuvga mahbus belgilangan vaqtdan avval qamoqdan chiqarilishi mumkin bo‘lgan o‘zini namunali tutish muddatlarini hisob-kitob qilishdagi xatolik sabab bo‘lgan. Mahbuslar muddatidan o‘rtacha 49 kun oldin ozodlikka chiqqani aytilmoqda.
Shtat rasmiylari ozod etilganlarning barchasini yashash manzilini aniqlash va qonun talab etganidek jazoni o‘tashga jo‘natishga harakat qilmoqda. Mahbuslar o‘talmay qolgan muddatga qarab, axloq tuzatish ishlariga jalb etiladi yoki qamoqxonaga qaytariladi.
Hisob-kitoblardagi xato bundan 13 yil avval, shtat oliy sudi namunali xulq-atvor uchun ozod etish qoidalarini qabul qilganda o‘tib ketgani bildirilmoqda.
Izoh (0)