Turkmaniston Kaspiybo‘yi gaz quvuri qurilishi masalasida Qozog‘iston va Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Bu haqda respublika prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov “Sharq-G‘arb” gaz quvuri ochilish marosimida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Uning aytishicha, ushbu obyektning ishga tushirilishi “Turkmaniston energiya resurslarini xalqaro bozorlarga chiqarish uchun kuchli baza” yaratadi va Kaspiybo‘yi gaz quvuri qurilishi masalasi bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘zda tutadi. Bu haqdagi hukumatlararo bitim 2007-yilda Turkmaniston, Qozog‘iston va Rossiya rahbarlari tomonidan imzolangan edi.
Turkmaniston prezidentining fikricha, ayni paytda uchta mamlakat uchun Kaspiybo‘yi gaz quvuri loyihasini amalga oshirishda yangi imkoniyatlar ochilgan va ular mavjud resurs va infratuzilma bazasiga asoslangan.
Izoh (0)