Kremldagilar huquqni muhofaza qiluvchilarning Rossiya harbiy-kosmik kuchlari Suriyada zarbalar berishi natijasida yuzlab tinch aholi vakillari halok bo‘lgani haqidagi bayonotini tasdiqlovchi ma’lumotlarga ega emas, deb yozadi “Gazeta.ru” Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib.
Shu munosabat bilan u Kremlning Amnesty International huquqni muhofaza qiluvchi tashkiloti ma’ruzasiga beradigan javobi yo‘qligini ta’kidladi.
Kremldagilar tashkilotning ma’ruzasini o‘rganib chiqadimi, yo‘qmi, qabilidagi savolga javoban, Peskov tegishli idoralar u bilan tanishib chiqishiga ishonch bildirdi.
Izoh (0)