Gretsiyaning Farmakonisi oroli yaqinida muhojirlar kemasining cho‘kib ketishi oqibatida o‘n kishi, shu jumladan, besh nafar bola g‘arq bo‘ldi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida bir nafar ayol va besh nafar erkak bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlariga vertolyot, patrul kateri va shaxsiy kemalar jalb qilindi.
Farmakonisi oroli Turkiya qirg‘og‘idan uzoq bo‘lmagan joyda, Egey dengizida joylashgan.
Muhojirlarning asosiy oqimi Gretsiyaga Turkiyadan kelib, bu yerdan Yevropaning boshqa mamlakatlariga, asosan Germaniyaga o‘tib ketmoqda.
Yevrokomissiyaning ta’kidlashicha, mazkur migratsion inqiroz Ikkinchi jahon urushidan buyon hozirga qadar bo‘lgan eng katta inqiroz hisoblanmoqda.
Izoh (0)