Odessa viloyatidagi (Ukraina) Yujnenskiy shahar kengashi Radaning Rossiyani tajovuzkor mamlakat, Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini esa terrorchi tashkilotlar sifatida e’tirof etishni so‘rab, xalqaro tashkilotlarga yo‘llagan murojaatini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mazkur qaror kengashning 22-dekabr, seshanba kungi sessiyasida qabul qilingan. Kengashning 26 nafar deputatidan 15 nafari uni ma’qullagan.
Izoh (0)