Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li Suriya “Rossiya imperializmi maqsadlarining bir qismi” bo‘lmasligini ma’lum qildi. U mamlakat parlamenti deputatlari oldidagi chiqishi chog‘ida shunday bayonot bergan, deya xabar qiladi Meduza.
Bosh vazir tinch aholi orasida qurbonlarga olib kelgan Suriyaning Idlib viloyatiga havo zarbalarini ham qoraladi. Turkiya mazkur hujumda Rossiyani ayblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 20-dekabr, yakshanba kuni Rossiya aviatsiyasi tomonidan uyushtirilganligi taxmin qilinayotgan hujum tufayli Idlib shahrida 40 nafardan ziyod fuqaro halok bo‘lganligi haqida oldinroq xabar berilgandi.
Izoh (0)