Rossiya Davlat dumasi Ukrainaga nisbatan erkin savdo hududi haqidagi shartnoma amal qilishini to‘xtatuvchi qonun qabul qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 16-dekabr kuni 2016-yil 1-yanvardan Ukrainaga nisbatan erkin savdo hududi haqidagi shartnomani harakatdan to‘xtatish to‘g‘risida imzolagan farmoni mazkur qonun qabul qilinishiga asos bo‘ldi. Bunday qaror yangi yildan boshlab Kiyev va YeI o‘rtasidagi assotsiatsiyaning iqtisodiy qismi kuchga kirishi bilan izohlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya tomonidan mamlakatlar o‘rtasidagi erkin savdo hududi to‘g‘risidagi shartnomaning to‘xtatib qo‘yilishi tufayli Ukraina iqtisodiyoti ancha zarar ko‘rishi, biroq Kiyev ozodlik va mustaqillik uchun bunga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)