Ispaniyadan mustaqil bo‘lishni yoqlab chiquvchi Kataloniyaning ayirmachi kuchlari mintaqaviy hukumat tuzishga kelishib oldi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Reuters agentligining aniqlik kiritishicha, kelishuv mintaqada kuzda bo‘lib o‘tgan saylovlarda ko‘pchilik ovoz olgan Junts pel Si (Birgalikda — Ha uchun) va Candidatura d’Unitat Popular (Xalq birdamligi nomzodlari) partiyalari o‘rtasida imzolandi. Artur Mas mintaqaviy hukumat rahbari bo‘lib qolishi ko‘rib chiqilmoqda.
Kelishuv yana mustaqillikning 18 oylik “yo‘l xaritasi”ni ko‘rib chiqish va iqtisodiy rejani o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya parlamenti 9-noyabr kuni Ispaniyadan mustaqil bo‘lish bo‘yicha rezolyutsiyani ma’qulladi. Keyinroq, 2-dekabrda Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi Kataloniya parlamentining mustaqillik bo‘yicha rezolyutsiyasini bekor qildi.
Izoh (0)