Bortida 122 kishi bo‘lgan kema Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida g‘arq bo‘lmagan. Qidiruv otryadi rahbari Bambang Soyelistuoning ma’lum qilishicha, kemaga qutqaruvchilar jo‘natilgan, biroq baland to‘lqinlar ularga kemaga yaqinlashish uchun xalaqit bermoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Kolakodan Janubiy Sulavesi shahriga yo‘l olgan kema bilan po‘rtana paytida dvigatel ishdan chiqqandan so‘ng aloqa uzilgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)