AQSh prezidenti Barak Obama 19-dekabr, shanba kuni Rojdestvo ta’tilini o‘tkazish uchun Gavayiga yetib keldi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Davlat rahbari Vashingtonga yanvar boshida qaytib kelishi rejalashtirilgan. Bayramlar vaqtida uning ommaviy tadbirlarda chiqishi rejalashtirilmagan.
Gavayi orollarida tug‘ilgan Obama taxminan ikki hafta davomida u yerda rafiqasi va qizlari bilan dam oladi.
Izoh (0)