Kaliforniyaning (AQSh) Fresno shahridagi Applebee's kafesi ofitsianti mijozlar unutib qoldirgan 32 ming dollarni egalariga qaytardi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Erika Gonzales va uning oyisi Berta bankka yirik miqdordagi pul qo‘yishni rejalashtiradi, biroq u yerda seyf bo‘lmagani uchun bankni tark etib, ichida 32 ming dollar bo‘lgan sumka bilan tushlik qilish uchun kafega kiradi. Kechki paytga kelibgina ayollar sumkani qayerdadir qoldirganini eslaydi va politsiyaga murojaat etadi. Politsiyaga esa ofitsiant sumkani topib olgan va rahbariyatga topshirgan Applebee's kafesi vakillari qo‘ng‘iroq qilib, topilma haqida xabar beradi.
Kafe xodimi ismini oshkor etmasliklarini so‘ragani va mukofotdan voz kechgani aytilmoqda. Unutib qoldirilgan pullar uning yil davomida ishlab topadigan maoshi bilan teng ekan.
Izoh (0)