Belgiyadagi Tianj (Tihange) atom elektr stansiyasida 19-dekabrga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda AES operator kompaniyasi bo‘lmish Electrabel vakillari OAVlarga ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Alanga manbasi AESning yadrosiz maydonida bo‘lgan, biroq stansiyaning ikki reaktoridan biri hodisa tufayli to‘xtatilgan.
Electrabel vakillari ta’kidlashicha, hodisa stansiya xodimlari, shuningdek, mahalliy aholi yoki atrof-muhit uchun hech qanday oqibatlar keltirib chiqarmagan.
Izoh (0)