Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml prezident faoliyatini doimiy ravishda yoritib boruvchi jurnalistlar va boshqa jurnalistlar bilan muloqotda Telegram messenjeridan foydalanishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar beradi.
“Biz Telegram messenjeridan foydalanamiz. U prezident faoliyatini doimiy yoritib boruvchi jurnalistlar bilan muloqot qilish uchun juda qulay. U, shuningdek, xabardor qilish, savollar va javoblarni yuborish uchun ham juda qulay”, — dedi Peskov.
Peskov messenjerdan foydalanishni hech kim taqiqlamoqchi emasligini ta’kidladi.
“So‘z messenjerlardan foydalanishni tartibga solish haqida bormoqda. Bu barcha foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishni anglatmaydi. Ulardan foydalanishni tartibga solish xavfsizlik nuqtai nazaridan ham zarur hisoblanadi”, — dedi matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Davlat dumasi Federal xavfsizlik xizmatidan IShID terrorchilari faoliyati tufayli Telegram messenjeriga kirishni cheklash masalasini ko‘rib chiqishni so‘ragan edi.
Izoh (0)