Estoniya qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiyani o‘z havo chegarasini buzishda aybladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bosh shtabning ta’kidlashicha, Rossiyaning An-72 harbiy transport samolyoti Fin qo‘ltig‘idagi Vayndloo oroli atrofida Estoniya havo hududiga bostirib kirgan. Mazkur hodisa munosabati bilan mamlakat tashqi ishlar vazirligiga Rossiya elchisi chaqirtirilgan va unga norozilik notasi topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gruziya va Finlyandiya ham Rossiyani o‘z havo hududiga bostirib kirishda ayblagandi.
Izoh (0)