Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Yozef Blatter Weltwoche jurnali versiyasiga ko‘ra yil shveysariyaligi deb ataldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Weltwoche haftanomasi Syurixda 1933-yildan buyon chiqariladi. U shov-shuvli jurnalistik tadqiqotlari bilan mashhur.
Eslatib o‘tamiz, Shveysariya 24-sentabr kuni FIFA rahbari Yozef Blatterga nisbatan jinoiy tergov boshlagan edi. Uni mas’uliyatsizlik va mol-mulkni noqonuniy o‘zlashtirib olishda ayblashmoqda. Blatter federatsiya uchun foydasiz bo‘lgan teletranslyatsiya shartnomasini tuzishda gumon qilinmoqda. Shartnoma 2005-yilda KONKAKAFning o‘sha paytdagi rahbari Jek Uorner bilan imzolangan. Bundan tashqari, FIFA prezidenti UEFA rahbari Mishel Platiniga noqonuniy pul o‘tkazganlikda shubha qilinmoqda. Bunda gap ikki million frank haqida bormoqda. Ushbu summani Blatter 2011-yilda to‘lagan.
8-oktabr kuni esa xalqaro futbol federatsiyasi axloq qo‘mitasi Blatter, Platini va FIFA bosh kotibi Jerom Valkeni lavozimlari hamda futbolga oid barcha faoliyatdan 90 kun muddatga chetlatdi.
Izoh (0)