Ispaniya Kubogi o‘tayotgan bir vaqtda, turnirdan chetlatilgan “Real” klubi futbolchilari Madrid shahridagi restoranlardan birida kechki ovqat tanovul qilish uchun o‘zaro jam bo‘ldi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
“Yig‘ilish” davomida futbolchilar klubdagi muammolar va ularni hal qilish yo‘llari haqida suhbat qurgan.
Shuningdek, futbolchilar klub bosh murabbiyi Rafael Benites olib borayotgan ishi borasida ham bahs-munozaralar o‘tkazdi. “Real” futbolchilari Ispaniya chempionati va Yevropa Chempionlar Ligasida samarali o‘yin olib borishlari kerakligini ham muhokama qildi.
Avvalroq Rafael Benites va klub o‘yinchilari o‘rtasida munosabatlar iliq emasligi aytib o‘tilgandi.
Izoh (0)