Amerikalik milliarder Donald Tramp AQSh prezidentligiga saylovlarda Respublikachilar partiyasi nomzodi sifatida g‘alaba qozonmoqchi ekanligi va mustaqil da’vogar sifatida harakat qilmoqchi emasligini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Mendan so‘rashganida, men shunchaki, ha, respublikachiman, deyman va men saylovda qandaydir uchinchi partiya nomidan bormoqchi emasman”, — dedi u CNN telekompaniyasi efirida saylovoldi televizion debatlar yakunida.
Biznesmen saylovchilarni “Respublikachilar partiyasiga to‘liq sodiqligi”ga ishontirdi. U, shuningdek, AQSh prezidenti lavozimiga Demokratik partiyadan da’vogarlik qilayotgan “Hillari Klintonni mag‘lub etish uchun bor imkoniyatini ishga solishga” va’da berdi.
Izoh (0)