Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Margaret Tetcherning shaxsiy buyumlari Christie’s auksionida 3,3 million funt (qariyb 5 million dollar) ga sotildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Eng qimmat lotlardan biri Tetcherga AQSh sobiq prezidenti Ronald Reygan tomonidan hadya etilgan burgut haykali bo‘ldi. U taxminan 400 ming dollarga sotildi, uning dastlabki qiymati 12 ming dollarga teng edi.
Kimoshdi savdosida jami 150 ta lot sotuvga qo‘yildi, yana 200 ta lot onlayn savdoga chiqarildi.
Tetcher Britaniya hukumatini 1979—1990-yillarda boshqargan. Bu yil u 90 yoshni qarshi olgan bo‘lardi.
Izoh (0)