Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha ziddiyat yo‘qligini ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Belarus qo‘shni sifatida Ukraina hududidagi, Yaqin Sharqdagi tinchlikdan manfaatdor. Ushbu muammolar bo‘yicha Rossiya prezidenti bilan umuman ziddiyatlarimiz yo‘q”, — dedi Lukashenko 15-dekabr kuni Moskvada Putin bilan uchrashuvdan so‘ng.
Vladimir Putin, o‘z navbatida, Moskva va Minsk o‘rtasidagi munosabatlarni “strategik” deb atadi.
Izoh (0)