AQSh Kongressi yetakchilari mamlakatdan neft eksportiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash haqida kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda “TASS” Bloomberg’ga tayanib.
Texas shtatidan respublikachi kongressmen Jon Barton so‘zlariga ko‘ra, bunday qadam yordamida AQSh jahon energetika siyosati jilovini qo‘liga oladi. Erishilgan kelishuv hali Senat va vakillar palatasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
So‘nggi ikki oy ichida AQSh Kongressining vakillar palatasi respublikachilar tomonidan taqdim etilgan, Amerika nefti eksportiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini yoqlab, ikki marta ovoz berdi, biroq har ikkala holatda ham tashabbus Senat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. Prezident Barak Obama ma’muriyati ham embargo bekor qilinishiga qarshi chiqmoqda.
AQShdan neft xomashyosini xorijga yetkazib berishga qo‘yilgan taqiq federal qonun sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lib, u 1975-yildan buyon amal qiladi.
Izoh (0)