15-dekabr, seshanba kechki payt politsiya Moskva avtomobil halqa yo‘li hududida uzoq masofalarga qatnaganlik uchun to‘lov undirilishiga qarshi norozilik bildirgani Dog‘iston va Chechenistondan poytaxtga kelgan haydovchilar yo‘lini to‘sdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
11 ta yuk mashinasidan iborat kolonna Kashirskiy shossesi bo‘ylab harakatlanib, halqa yo‘liga yaqinlashganda haydovchilar yo‘lini harakat xavfsizligi davlat inspeksiyasi avtomobillari to‘sib qo‘ygan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya ikki kishini qo‘lga olgan. Haydovchilar boshqa avtoturargohga ko‘chayotgani, norozilik namoyishida qatnashish niyatida bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)