Dunyo muammolarini o‘rganish bo‘yicha Stokgolm instituti ma’ruzasida 11 ta Rossiya kompaniyasi 2014-yilgi dunyoning yetakchi qurol ishlab chiqaruvchilari ro‘yxatiga kiritildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Birinchi yuztalikka hozirda 11 ta Rossiya kompaniyasi kiradi, ularning daromadlari 2013—2014-yillarda jami 48,4 foizga o‘sgan”, — dedi institut xodimi.
Ma’ruzada ta’kidlanishicha, Rossiya murakkab iqtisodiy vaziyatga qaramasdan, 2014-yilda qurol-yarog‘ sotish hajmini oshirishda davom etdi, natijada birinchi yuzlikdagi kompaniyalari soni 9 tadan 11 tagacha ko‘paydi, ularning birgalikdagi hissasi umumiy sotiv hajmining 10,2 foizini tashkil qildi.
Izoh (0)