Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreyaning Keson shahrida 11—12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi muzokaralar natijasiz yakunlandi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

 

Agentlikning bildirishicha, muzokaralar chog‘ida Shimoliy Koreya janubliklarning Kimgansan kurort hududiga safarlarini uyushtirish, 1950—1953-yillardagi Koreya urushi oqibatida ajralgan oilalarni birlashtirish, turli yo‘nalishlarda nodavlat muloqotlarini faollashtirish kabi takliflar bilan chiqqan, biroq Janubiy Koreya tomoni ularni muhokama etishdan bosh tortgan va muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Muzokaralarda ishtirok etgan Janubiy Koreyaning birlashish masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Xvan Bu Gining ta’kidlashicha, janubliklar urush tufayli bo‘lingan oilalar masalasida aniq kelishuvga erishishga harakat qilgan, biroq shimolliklar ushbu muammoni Kimgansan tog‘larida o‘zaro sayyohlik loyihasini qayta tiklash masalasi bilan bog‘lagan. Janub esa bunga qat’iyan qarshi chiqqan.

Muloqot yakunlari bo‘yicha yakuniy bayonot imzolanmadi. Tomonlar o‘zaro maslahatlashuvning yangi sanasini ham belgilamagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
San’atni tark etib, oddiy ish bilan shug‘ullanayotgan jahonga mashhur shaxslar (foto)
Dunyo
Aliyev Qorabog‘ aholisidan Ozarbayjon qonunlariga bo‘ysunishni talab qildi
Mahalliy
Buxoroda erkak rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi